UYUSHMAGA YANGI A'ZOLAR QABUL QILINDI

UYUSHMAGA YANGI A'ZOLAR QABUL QILINDI

Xalqaro adabiyot, san'at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasining Buxoro viloyatidagi ilk tadbiri viloyat Bolalar kutubxonasida bõlib õtdi.
Unda mazkur Akademiya Prezidenti , shoir Abdulla Vaxsh ishtirok etdi.Tadbir jarayonida Akademiya tarkibida faoliyat kõrsatuvchi "Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi" tomonidan shoir Qahramon Jabborga akademik unvoni berildi.Õn tõrt nafar yozuvchi va shoirlar esa uyushma a'zoligiga qabul qilindi.Viloyat Bolalar kutubxonasi direktori N.B.Nizamova ham ushbu uyushma a'zoligiga qabul qilindi.
 Ilm va ijod bilan Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish, hamkorlikni kuchaytirish va bu bilan xalqlar õrtasidagi õzaro dõstlik rishtalarini mustahkamlash,inson tafakkuri va tuyğusini ezgulikka yõnaltirish Akademiya faoliyatining eng asosiy maqsad ekanligi e'tirof qilindi.

✅Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati