Buxvbk

BUXORO VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASINING TARIXI

Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tarixi Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi 1964 yil 1 iyulida P.Morozov nomi bilan tashkil etilgan.Dastlab kutubxona fondi 13 ming nusxadan iborat bo’lib,15 nafar kutubxonachi xodimlar ish olib borardi. Shu davrga kutubxonaga A.B.Samoxina rahbar edi. 970 yilda kutubxona Amir Sayyid Olimxon madrasasi binosiga ko’chirilgan. Kutubxona bir necha marta diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 1973 yilda kutubxona viloyat “Mehnat shuhrati” kitobiga kiritilgan.Kutubxona qoshidagi kinostudiyaning “Saxiy kitob podsholigida” kinofilmi uchun faxriy yorliq sovrindori va Tabiatni muhofaza qilish jamiyatining “Tabiat bolalar xayolida” nomli ko’rgazmasi diploma va O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasining II darajali diplomiga sazovor bo’lgan. 993 yil 25 yanvarda kutubxonaga buyuk tarixchi olim M. Narshaxiy nomi berilgan. Viloyat Bolalar kurubxonasi maktab ta‘limi boshqarmasi tasarrufida bo’lib, viloyatdagi 13 ta tuman (shahar)dagi 526 ta maktab kutubxonalari, 4 ta maxsus maktab-internatlari uchun uslubiy markaz hisoblanadi. Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi BO’LIMLARI 1.Uslubiy bo’lim; 2.Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’lim; 3.Madaniy-ommaviy tadbirlar; 4.Ma‘lumot va bibliografiya sho‘basi bo’limi; 5.Kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo’limi; 6.Adabiyotlarni saqlash sho`basi bo’limi; 7.Maktablarda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi; 8.Axborot resurslari va texnologiyalari bo‘limi; Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi manzili: Buxoro shahar, 200100, Havzi Nav ko’chasi 21-uy tel: 8-355-301-88-24