DIQQAT VIKTORINA‼️  ❇️Yozgi ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

DIQQAT VIKTORINA‼️ ❇️Yozgi ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

 Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til vaqtida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ta’tilda - kitob bilan” shiori ostida atoqli shoir,  serqirra ijodkor  Hamid Olimjon tavalludining 114 yilligi munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlov 2023-yil 19-22-iyun kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📖Tanlovda har kuni soat 11.00da kitobxonlarga 2 ta savol beriladi.

📌Savollarga  birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi kun g'olibi bo'ladi.  

🔰Viktorina Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining telegram https://t.me/buxorovbk kanalida onlayn  o‘tkaziladi.

✅Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati