
"Men g'olibman" loyihasi
Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan "Men g'olibman" loyihasi doirasida 8-dekabr - "Konstitutsiya kuni" munosabati bilan "Konstitutsiya bilimdoni" mavzusida viktorina o`tkaziladi.
Viktorina 2022-yil 6-dekabr kuni tuman(shahar) umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Har bir tuman(shahar)dan 3 nafardan bilimdon o`quvchilar ishtirok etadi
📖Asosiy maqsad: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirishdan iborat.
🏆Viktorina g'oliblari Buxoro VBK va hamkor tashkilotlar tomonidan Diplom va faxriy yorliqlar hamda sovg'alar bilan taqdirlanadi.
🔗Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati