image description

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “Kitob — tafakkur, innovatsiya va kelajak poydevori” shiori ostida “Kitobxonlik forumi” bo‘lib o‘tdi.

💙Forum doirasida intellektual o‘yinlar, “Book battle”, “Tezkor kitobxon” shousi, “Sirli quti” chellenji, “Men sevgan adabiy qahramon” portret tanlovi, mahorat darslari, kitob ko‘rgazmalari va madaniy chiqishlar tashkil etildi.

⚡️ Forumning tantanali taqdirlash marosimida
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev,
⚡️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva,
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Adhamjon Sormonkulov,
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdilar.

Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan kutubxonachilar_uchun_master_klass o'tkazildi.

📚Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi direktor o'rinbosari - Muqumova Dilnoza Hamidovna tomonidan "Zamonaviy kutubxona: innovatsion yondashuv va kitobxonni jalb etish usullari" mavzusi

🪙Master-klass yònalishlari:
Elektron kutubxona imkoniyatlari
Sun'iy intellektdan foydalanish
Yoshlarni mutolaaga jalb qilish metodlari
Kreativ tadbirlar tashkil etish.

Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi 1-kurs talabasi- hakimov husan tomonidan - “BOOKTOK” media loyihasi doirasida  “Nega shu kitobni o‘qish kerak?” 5ta kitob tavsiyasi umumta'lim maktab kutubxonachilarga yoritib berildi.