image description

Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda kutubxonachilar ishtirok etishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:

✅ “Eng kitobxon maktab”
✅“Eng faol kutubxonachi” 
✅"Zamonaviy maktabning namunali kutubxonasi"
✅ “Eng faol kitobxon o'qituvchi”
✅ “Eng faol kitobxon o'quvchi”
✅ “Eng kitobxon oila”
✅ “Ijodkor bolalar”

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 24 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 60 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandi.

Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival tom ma’noda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.